Moskvada 22-qavatdan tushib ketgan qiz yengil jarohat oldi

Moskvada uyning 22-qavati derazasidan tushib ketgan sakkizinchi sinf o‘quvchisi yengil jarohat oldi, bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Aytilishicha, 22-qavatdagi xonadonda yig‘ilishgan maktab o‘quvchilari ichkilikbozlik qilayotgan bo‘lgan. Xonani shamollatish uchun derazani ochgan qiz pastga qulagan.
Baland qor uyumi qizning hayotini saqlab qoldi. Shifoxonaga keltirilgan jabrlanuvchining miyasi chayqalgani va bir nechta joyi ko‘kargani aniqlandi. Hayot uchun xavfli og‘ir jarohat olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter