Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

11 yoshli bolaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi

11 yoshli bolaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi

Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 dekabr kuni taxminan soat 17.30 larda Cho‘ponota ko‘chasida 1983 yilda tug‘ilgan U.T. boshqaruvidagi davlat raqami 01 T 711 PB bo‘lgan «Lacetti» rusumli avtomashina yo‘l chetidan orqaga harakatlanayotgan 1960 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi davlat raqami 01 N 300 KB bo‘lgan «Cobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi U.T., «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi M.A. va yo‘lovchisi 2011 yilda tug‘ilgan M.M. olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan 2011 yilda tug‘ilgan M.M. vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring