Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1000 AQSh dollariga tushgan hujjat soxta chiqdi

1000 AQSh  dollariga tushgan hujjat soxta chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro  M.S.ga savdo do‘koni qurishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi hujjatlar soxta ekani aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, unga yer maydoni ajratib berishni va’da qilib, 1000 AQSh dollarini olgan Sh.I. hujjatlarni (kompyuter texnikasidan foydalangan holda) «qo‘lbola» usulda tayyorlab bergan ekan. Hujjatlarning soxtaligi ekspertizada  oshkor bo‘ldi-qoldi.

Holat bo‘yicha «uddaburon» Sh.I.ga JKning (Jinoyat kodeksi) bir emas, ikkita - 168-(firibgarlik) va 228-(hujjatlarni qalbakilashtirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring