Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tramp va Putin bir qamoqxonada...» (foto)

«Tramp va Putin bir qamoqxonada...» (foto)

Marian Kamensky

Xabaringiz bor, 4 aprel kuni AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda rasman hibsga olindi. Prokuratura 76 yoshli siyosatchini 34 ta band bo‘yicha jinoyat sodir etishda ayblamoqda. Fox News jami ayblovlar bo‘yicha 136 yil ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgani, ammo real jazo yengilroq bo‘lishi haqida xabar bergan.

Sobiq prezidentga jinoiy ayblov ilgari surilishi AQSh tarixida ilk bor kuzatilmoqda. Tergov idorasiga ko‘ra, Tramp 2016 yilgi prezidentlik sayloviga ta’sir ko‘rsatish maqsadida hujjatlarni soxtalashtirgan, shunigdek, sug‘urta va soliq sohasida firibgarlikka qo‘l urgan.

Avval xabar berganimizdek, Tramp mahkamaning ilk majlisida o‘ziga qo‘yilgan 34 ta ayblovning birortasini ham tan olmagan. Navbatdagi sud majlisi 4 dekabr kuni Nyu-Yorkda o‘tishi kutilmoqda.

Jahon matbuot nashrlari AQSh sobiq prezidentining hibsga olinishi mavzusida karikaturalar chop etdi. Quyida ularning ayrimlari e’tiboringizga havola etilmoqda. Hajviy suratlardan birida Tramp Xalqaro jinoiy sud qamoqqa olishga order bergan prezident Vladimir Putin bilan hamzindon o‘laroq tasvirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring