Yoaxim Lyovning «ikkinchi masalasi»
Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Daily Mail». U nemislar aslida nimalarga qodir ekanini Qatardagi jahon chempionatida isbotlamoqchi.
Gap shundaki, Lyov nemis futboli uchun sharmandali ko‘rsatkich qayd etilgan Rossiyadagi jahon chempionati arafasida Germaniya futbol ittifoqi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolagandi. Mag‘lubiyatga qaramasdan, ittifoq prezidenti Reynxard Grindelning shaxsiy qo‘llab-quvvatlovi bilan, Lyov terma jamoa oldidagi majburiyatini bajarishda davom etadigan bo‘ldi. Xullas, Germaniya terma jamoasini 2022-yili Qatarda o‘tkaziladigan navbatdagi jahon chempionatiga ham Lyovning o‘zi olib chiqsin deyishdi.
Uzoq yillar bosh jamoada ishlab qo‘ygan Yoaxim Lyovning zaxirasi tugab qolmadimikin? Endigi marra yanada og‘ir: «nemis mashinasi»ni shunchaki oyoqqa turg‘azishmas, oldingi o‘ringa olib chiqish talabi qo‘yiladi. Buyoqda terma jamoa tarkibini shakllantirish oson kechmaydi: Rossiyadagi chempionatda bir tekis o‘ynamagan o‘yinchilarning hech biri o‘z xohishi bilan Bundestim futbolkasini yechib qo‘yish niyatida emas. Qizig‘i, Lyov ishni ikkinchi masalani yechishdan boshlashiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter