Yoaxim Lyov sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi bosh murabbiylikka Yoaxim Lyovni olib kelmoqchi. Lyov Yevropa chempionatidan so‘ng Germaniya milliy jamoasini tark etishini ma’lum qilgan.
Yoaxim Lyov o‘z mamlakati milliy jamoasini 15 yil boshqardi. 61 yoshli mutaxassisga qiziqayotganlar yetarlicha, masalan, Istanbulning «Fenerbaxche»si. Yoaxim Lyov 1998-1999-yillar mavsumida «Fenerbaxche»ni boshqargan.
«Fenerbaxche»ning ayni paytdagi bosh murabbiyi bir yil avval futbolchilik faoliyatini yakunlagan Emre Belezoglu hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter