Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Saloh: «Serxio Ramosning so‘zlari kulgili. Balki, u menga Jahon Chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda ham aytib berar?»

Muhammad Saloh: «Serxio Ramosning so‘zlari kulgili. Balki, u menga Jahon Chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda ham aytib berar?»

Foto: «Metro»

Misr terma jamoasi va «Liverpul» klubi ​yetakchisi Muhammad Saloh «Real» sardori Serxio Ramosning so‘zlariga izoh berdi. Eslatib o‘tamiz, misrlik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasi finalida «Real»ga qarshi o‘yinida, Ramos bilan kurashda jarohat olgan edi. Keyinroq Ramos Saloh birinchi bo‘lib uning qo‘lini ushlab olgani haqida ma’lum qilgan edi.

«Ramosning so‘zlari? Bu juda ham kulgili. Avval seni yig‘lashga majbur qilgan inson endi esa kuldirmoqda, bu har doim yoqimli.

Balki, u menga Jahon Chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda ham aytib berar? U menga xabar yozdi, biroq unga hammasi joyida deb hech qachon aytmaganman.

Bu holatda qoida buzilgan edimi? Bilmadim. Yerga yiqilganimda jismoniy og‘riq va xavotirlar to‘lqini ostida qoldim. Chempionlar Ligasi finalini tugatolmaganimdan jahlim chiqdi va chuqur afsuslandim.

Biroq hozirda ahvolim ancha yaxshi. Urugvayga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushaman, deb umid qilaman. Hammasi bahsdan oldingi ahvolimga bog‘liq bo‘ladi». 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring