Muhammad Saloh: «Serxio Ramosning so‘zlari kulgili. Balki, u menga Jahon Chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda ham aytib berar?»
«Ramosning so‘zlari? Bu juda ham kulgili. Avval seni yig‘lashga majbur qilgan inson endi esa kuldirmoqda, bu har doim yoqimli.
Balki, u menga Jahon Chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda ham aytib berar? U menga xabar yozdi, biroq unga hammasi joyida deb hech qachon aytmaganman.
Bu holatda qoida buzilgan edimi? Bilmadim. Yerga yiqilganimda jismoniy og‘riq va xavotirlar to‘lqini ostida qoldim. Chempionlar Ligasi finalini tugatolmaganimdan jahlim chiqdi va chuqur afsuslandim.
Biroq hozirda ahvolim ancha yaxshi. Urugvayga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushaman, deb umid qilaman. Hammasi bahsdan oldingi ahvolimga bog‘liq bo‘ladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter