Rossiya sport vaziri: «Mamlakat jahon chempionatiga to‘liq tayyor»

Rossiya sport vaziri Pavel Kolobkov «Rossiya 24» telekanalidagi jonli muloqot chog‘ida mamlakatning futbol bo‘yicha jahon chempionatiga hozirligi borasida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini aytdi.
Rossiya o‘z tarixida ilk marta joriy yilning 14-iyunidan 15-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Kolobkovning aytishicha, barcha stadionlar foydalanishga tayyor va jamoalar bazasi va maydonchalarda ham ishlar yakunlanmoqda.
Vazirning fikricha, chempionatga yuz minglab muxlislar tashrif buyuradi va ushbu chempionat «mamlakatning mehmondo‘stligi va musobaqalarni o‘tkazish salohiyatini ko‘rsatib beradi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter