Ukrainani tiklashga qancha pul kerak?

Urushdan keyin Ukrainani tiklashga hozirgi baholashlar bo‘yicha taxminan 400 mlrd funt sterling (532 mlrd AQSh dollari atrofida) mablag‘ kerak bo‘ladi, deb yozdi The Times.
Tiklash uchun Rossiyaning muzlatilgan pullari ishlatilishi ehtimoldan xoli emas. Uzoq istiqbolda muvaffaqiyatli va barqaror Ukrainaning qurilishi kelajakda bosib olingan hududlarni qaytarish va Putinning avtoritar rejimiga zarba berish imkonini beradi, deb yozdi nashr.
Xabarda aytilishicha, qayta bosqin xavfi doimiy tus oladi, biroq Tayvanning «tipratikan strategiyasi»ni Kiyev ham tatbiq etadi — imkon qadar sertikan bo‘ladi va Moskvani harbiy harakatlarga kirishishdan avval yaxshilab o‘ylashga majbur qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter