Niderlandiya-Argentina o‘yinini boshqargan hakamga «qizil kartochka» berildi
![Niderlandiya-Argentina o‘yinini boshqargan hakamga «qizil kartochka» berildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1948676305.jpg)
Antonio Migel Mateu Laos Qatardagi mundialning qolgan o‘yinlarini boshqarmaydi. Ispaniyalik hakam turnir yakuniga yetmasidan avval chetlatildi, deb yozdi Cope nashri.
Mateu Laos Ispaniyaga qaytib ketgan.
Niderlandiya va Argentina o‘rtasidagi 1/4 final (2:2, penaltilar seriyasi bo‘yicha 3:4) uning uchun JCh-2022 dagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi. O‘sha o‘yinda ispan hakami futbolchilarga rekord darajada ko‘p — 17 ta sariq va bitta qizil kartochka ko‘rsatdi, bellashuv tugaganidan so‘ng har ikki tomon futbolchilari undan norozi ekanliklarini bildirishdi.
Umuman, Argentina-Niderlandiya bahsida ko‘p sonli to‘qnashuvlar faqat to‘p uchun bo‘lmaganini ko‘rdik. Laosni shunda ham ayblashdi — o‘yin tizginini qo‘ldan berib qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter