JCh-2018. Osiyodan faqat Yaponiya pley-offga chiqdi, Kolumbiya guruhda peshqadam bo‘ldi
Jahon chempionatining «N» guruhida ham 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Polshaga mag‘lubiyatga uchrashiga qaramay, Yaponiya terma jamoasi 1/8 finalga yo‘l oldi.
«N» guruhi, 3-tur
Yaponiya – Polsha 0:1
Gol: Bednarek 59.
Yaponiya: 1.Eyji Kavashima, 5.Yuto Nagatomo, 19.Xiroki Sakai, 20.Tomoaki Makino, 21.Gotoku Sakai, 22.Maya Yoshida, 7.Gaku Shibasaki, 11.Takashi Usami (Inui 65), 16.Xotaru Yamaguchi, 9.Sinzi Okazaki (Osako 47), 13.Yoshinori Muto (Xasebe 82).
Polsha: 22.Lukash Fabianski, 3.Artur Yedjeychik, 5.Yan Bednarek, 15.Kamil Glik, 18.Bartosh Berezinski, 6.Yachek Goralski, 10.Gjegoj Krixovyak, 11.Kamil Grositski, 19.Pyotr Zelinski (Teodorchik 79), 21.Rafal Kurzava (Peshko 79), 9.Robert Levandovski.
Ogohlantirishlar: Makino 66.
Guruhning ikkinchi juftligida ikki jamoada ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor edi. Senegalni hatto durang ham pley-offga olib chiqardi. Afrikaliklar shu aldovga biroz ishonib qoldi va bahsni durangga qarab olib borayotganda so‘nggi daqiqalarda Kolumbiya gol urib qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda Afrika jamoasida javob qaytarish uchun vaqt va kuch yetishmadi.
Senegal – Kolumbiya 0:1
Gol: Yerri Mina (74)
Senegal – Ndiay, Gassama, Sane, Kulibali, Sabali (Vage, 74), Sarr, Kuyate, Guye, Keyta (Konate, 80), Mane, Nyang (Sako, 86).
Kolumbiya – Ospina, Aryas, Mina, Sanches, Moxika, Sanches, Uribe (Lerma, 83), Kuadrado, Kintero, Xames (Muriel, 31), Falkao (Borxa, 89).
Ogohlantirishlar: Moxika (45), Nyang (51).
Ushbu guruhda noodatiy holat kuzatilganini ta’kidlash joiz. 3-turdan so‘ng Yaponiya va Senegal natijalari bir xil (4 ochkodan va urilgan va o‘tkazilgan gollar ham teng) bo‘lib qoldi. Va keyingi bosqich ishtirokchisi «Fair play»ga ko‘ra aniqlandi. Ogohlantirishlar soni kamroq osiyoliklar nimchorak finalga yo‘l olishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter