Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi qanday o‘tdi (foto)

Bugun, 14 iyun kuni Rossiyaning Moskva shahrida futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimning ochilishida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, britaniyalik xonanda Robbi Uilyams, rossiyalik opera ijrochisi Aida Garifullina va Braziliya terma jamoasi tarkibidagi futbol bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Ronaldo ishtirok etdi.
Futbol maydoniga o‘yindan oldin zarar yetkazmaslik uchun marosim davomida «Lujniki» stadioniga to‘plar surati tushirilgan polotno yopildi.
Undan so‘ng arenada san’atkorlar chiqish qilishdi.
Marosimni britan xonandasi Robbi Uilyams ochib berdi va bir nechta mashhur qo‘shiqlarini kuyladi.
Shuningdek, maydonga Rossiyaning opera xonandasi Aida Garifullina ham chiqdi.
Marosim davomida stadionda «Love» va «Welcome» so‘zlari paydo bo‘ldi.
JChning Rostov-na-Donulik elchisi Viktoriya Lopireva maydonga turnirning rasmiy to‘pini olib chiqdi va o‘yinning ramzi bo‘lgan bo‘ri Zabivaka va futbolchi Ronaldo birinchi bo‘lib uni maydonga oshirishdi.
Ochilish marosimi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning nutqi bilan yakunlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter