FIFA prezidenti Rossiyaning eng chiroyli shahri qaysi ekanini aytdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Qozon Rossiyaning eng chiroyli shaharlaridan biri ekanini aytdi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.
FIFA rahbari bugun ushbu shaharni tomosha qilib, shunday qarorga kelgan.
Shu bilan birga, Infantino futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatiga ham yuksak tayyorgarlik ko‘rilganini ta’kidladi.
«Men siz bilan va sizning xizmatingiz bilan g‘ururlanaman. Men baxtliman, chunki o‘zim uchun ajoyib shahar kashf etdim. Bir muddat jahonning eng chiroyli shahrida ishlash menga juda yoqdi», – degan Infantino.
FIFA prezidenti so‘zlariga ko‘ra Tatariston poytaxti madaniyatlar va dinlararo muloqot qilishda muhim tajriba vazifasini o‘tagan. Bu yerda turli konfessiyalarga aloqador kishilar o‘rtasidagi madaniyat juda yuqori.
Infantinoning fikricha, Qozon Rossiya va butun dunyo uchun o‘rnak bo‘la oladi.
Qozon shahrida guruh o‘yinlarining 4 tasi hamda bitta 1/8 final (Fransiya – Argentina) va bitta chorak final (Belgiya – Braziliya) o‘yini o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter