Abdulloh Qatardagi jahon chempionatini ko‘rish uchun 55 kun piyoda yo‘l bosdi
Saudiya Arabistoni fuqarosi Abdulloh al-Salmiyning katta orzusi mundialni jonli tomosha qilish edi. Buning uchun Qatar-2022 dan yaxshiroq imkoniyat bo‘lishi mumkin emas edi. Qatar — qo‘shni davlat, biroq Al-Salmiy bepoyon Saudiyaning narigi tomoni — Jidda shahrida yashaydi. O‘sha yerdan Qatar poytaxti Dohagacha bo‘lgan 1 600 kilometr masofani yayov bosib o‘tdi.
Al-Salmiy 1 600 kilometrni bosib o‘tish uchun 55 kun sarfladi.
Sayohat futbol fanati uchun og‘ir kechdi deyishning o‘zi oz, chek-chegarasiz sahrodagi beshafqat arab jazirmasidan tashqari, ba’zida yovvoyi hayvonlardan qochib jon saqlashiga to‘g‘ri keldi, deb yozdi Aipsmedia.
«Cho‘lda bo‘riga duch keldim, uzoq vaqt ortimdan ta’qib qildi. Mundiallarni tomosha qilish azaliy oruzim edi, biroq olisdaligi uchun hech borolmaganman: Janubiy Afrika, Braziliya, keyin Rossiya. Haqiqiy arab sifatida Birinchi jahon chempionatimni arab mamlakatida ko‘rayotganimdan mamnunman», — dedi u.
Qatarga piyoda kelgan Abdulloh mashhur bo‘lib ketdi: ko‘chada duch kelganlar u bilan birga rasm tushishyapti.
Abdulloh uchun alamli tomoni, o‘z mamlakati terma jamoasi Argentinani qanday yutganini ko‘rolmadi. To‘rt kun kechikdi. Biroq umidi katta, qolgan o‘yinlarda sevimli jamoasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Haqiqiy muxlis!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter