«Fermerlar maktabi» iqtisodiyot va ilm-fanning inntegratsiyasi samarasi!
Xabaringiz bor, «Agrobank» Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan mamlakatimiz bo‘ylab «Fermerlar maktabi» loyihasi amalga oshirilyapti.
Samarali va ayni paytda muammolarga yechim bo‘ladigan mazkur loyiha yilning eng omadli loyihalaridan biri bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.
Kun kecha mazkur loyihaning Samarqanddagi filialiga OAV va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
Hozircha bunday maktablar respublikaning 5 hududida – Toshkent, Andijon, Samarqand, Termiz va Nukusda tashkil qilingan. Ularda fermerlikka qiziqqan yoshlar va aholi bepul tahsil olmoqda.
Garchi bu press-turda qatnasha olmagan bo‘lsak ham, xabarlar lentasida press-turga borganlar ijobiy fikr bilan qaytganini guvohi bo‘lib turibmiz.
Darvoqe, fermerlar maktabida o‘qish istagida bo‘lganlar @fermerlar_maktabi_bot Telegram-boti yoki fermermaktab.uz sayti orqali hujjat topshirishlari mumkin.
Video «Agrobank» matbuot xizmatining telegram kanalida.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter