«Vodiy pitak»da yo‘lkira narxi asossiz oshirilmagani aytilmoqda
Transport vazirligining Toshkent shahar transport boshqarmasi va IIBB YXHB inspektorlari bilan birgalikda Toshkent shahridan respublikamiz viloyatlariga qatnovchi taksilarda yo‘lkira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishining oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishmoqda, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.
Qayd etilishicha, «Qo‘yliq» bozori yaqinida joylashgan avtoturargohda Toshkentdan vodiy viloyatlariga yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilar o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda aynan ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan haydovchilar yo‘lkira haqini 200 000 so‘mgacha oshirib yuborganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
«O‘rganishlar davomida ayni damda Toshkent - Farg‘ona yo‘nalishida yo‘lkira haqi 50-60 000, Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishida 40-50 000, Toshkent – Namangan yo‘nalishida 50–60 000, Toshkent - Andijon yo‘nalishida esa 70-80 000 so‘m atrofida ekanligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi Transport vazirligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter