Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» «Malibu 2» uchun ariza qabul qilishni to‘xtatdi

«UzAuto Motors» «Malibu 2» uchun ariza qabul qilishni to‘xtatdi

 «UzAuto Motors» 2022-yilning 22-fevral kunidan «Malibu 2» avtomobilini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi.

Kun.uz xabariga ko‘ra, bu vaqtinchalik holat. Mart oyidan boshlab ushbu rusumdagi avtomobillar uchun shartnoma tuzish yana qayta tiklanishi mumkin, ammo aniq muddat bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

«Bu modeldagi avtomobillar uchun xorijdan uskunalar keladi va biz ularni yig‘ib, mijozlarga yetkazib beramiz. Bunda o‘zining belgilangan miqdori bo‘ladi va bu miqdor bo‘yicha shartnomalar to‘liq tuzib bo‘lingan.

Keyingi yig‘iladigan avtomobillar soni aniq bo‘lgandan keyin shartnomalar qabul qilishni yana boshlaymiz. Bu qachon boshlanishi bo‘yicha aniq ma’lumot yo‘q. Mart oyida ochilib qolish ehtimoli bor», — degan kompaniya xodimi.

Ayni paytda «UzAuto Motors» kompaniyasi o‘z mijozlariga faqatgina 3 ta modeldagi avtomobillarni sotib olish bo‘yicha shartnoma taklif qilmoqda.

Foto: Segment.uz

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring