Toshkentning ikki ko‘chasida harakatlanish vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga, 12-dekabr kuni Yunusobod tumanining ikki ko‘chasida avtotransport harakatlanishi vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Chingiz Aytmatov (eski Bodomzor yo‘li) ko‘chasi va Osiyo ko‘chalari 12-dekabr kuni 10:00dan 13:00ga qadar yopiladi.
Shahar hokimligi vaqtinchalik noqulaylik uchun aholidan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter