Toshkentda tez tibbiy yordam mashinasi «Epika» bilan to‘qnashdi (video)

Toshkentda tez tibbiy yordam mashinasi «Epika» bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon-Chig‘atoy ko‘chalari kesishmasida chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida haydovchi G.I. «Ford» rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib o‘tayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi «Epika» rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, «Epika» rusumli transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchisi, «Ford» rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Mazkur to‘qnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter