Toshkent viloyatida so‘nggi 8 oyda avtomobillarga 372 ta nosoz gaz balloni o‘rnatilgan
Toshkent viloyati bo‘yicha so‘nggi 8 oyda avtotransport vositalarining 372 tasida o‘rnatilgan gaz ballonlari nosoz ekani aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Gaz ballonilarning talabga javob bermasligi, tegishli ruxsat olmay o‘rnatib olingani, Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi tegishli qarori talablari bajarilmagani ko‘plab qonunbuzilishlarga sabab bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Shu tufayli mazkur holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilgan. Shuningdek, avtoulovlarni jarima maydonidan chiqarish vaqtida noqonuniy gaz ballonlar yechib olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Toshkent viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 324 ming 154 tani tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter