Toshkent shahrida har 5 kishiga bitta mashina to‘g‘ri kelmoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 mingtani tashkil etmoqda.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning 1 yanvar holati bilan solishtirilganda 94,9 mingtaga oshgan.
Toshkent shahrida 2,96 mln kishi yashashi nazarda tutilsa, har besh nafar poytaxtlikka taxminan bittadan yengil mashina to‘g‘ri keladi. Ya’ni shaharliklar ixtiyoridagi barcha xususiy yengil mashinalarga butun poytaxt aholisi sig‘adi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter