Tojikistonda «Uzauto Motors» avtomobillari ishlab chiqariladi
Shu yilning 9-iyun kuni Tojikiston Respublikasining Boxtar shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikiston Respublikasiga tashrifi arafasida birinchi O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi.
Forum davomida «Auto Motors» AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish uchun «UzAuto Motors Tadjikistan» qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Mazkur loyiha 2021-yilning 21-aprel kuni Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri – Sherali Kabirning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan.
Unga ko‘ra, 2021-yilning 5-7 may kunlari «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan ishchi guruh Tojikiston Respublikasida bo‘lib, hamkor «AlyuminSoxtmon» kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini o‘rganib, qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borib qaytdi.
Dastlabki bosqichda loyihaning ishlab chiqarish quvvati 10 000ta avtomobilni tashkil etadi, kelgusida 35 000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.
Elatib o‘tamiz, 2020 yilning 28 mart kuni Qozog‘istonning Ko‘stanay shahrida «Sariarka AvtoProm» MChSh ishlab chiqarish quvvatlarida «Chevrolet» brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yig‘ish yo‘lga qo‘yilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter