Sirdaryoda «Lacetti» yonib ketdi
Joriy yilning 28-iyul kuni soat 18:50 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan M-34 yo‘lining 103 kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1969 yilda tug‘ilgan haydovchi N.E. «Isuzu» rusumli avtomashinani «Toshkent-Guliston» yo‘nalishida boshqarayotib, «Guliston-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelib, ruxsat etilgan joydan qayrilib olgan haydovchi 1986 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli transport vositasining orqa tomoniga borib urilgan. Zarb oqibatida «Lacetti» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi bo‘lakni ajratuvchi beton to‘siqqa urilgan va avtomashinada yong‘in yuzaga kelgan.
«Lacetti» rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. va yo‘lovchilari N.A., I.M., A.M.lar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
YTH va yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter