Rossiya benzin eksportiga cheklov joriy qildi
Rossiyada benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda.
Tegishli hujjatni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzoladi, deya xabar beradi Vazirlar Mahkamasi sayti.
Bunday qarorga ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish zarurati sabab bo‘lgan.
Cheklovlar tafsilotlari haqida xabar berilmagan, hujjat matni esa hali e’lon qilingani yo‘q.
Qayd etilishicha, cheklovlardan ichki yoqilg‘i bozorini to‘ldirishga yordam berish va shu orqali iste’molchilar uchun narxlar pasaytirish ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter