Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hali qurilmagan pullik yo‘llar narxi ma’lum qilindi

Hali qurilmagan pullik yo‘llar narxi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

AOKAda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mas’ul xodimi Farrux G‘afforov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda pullik trassalarga oid ma’lumotlar berildi.

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar (DTIA) Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqildi va 2020 yilda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi.

Loyiha bo‘yicha «Investitsiyadan oldingi tadqiqot» (Pre-investment study) ni o‘tkazish bo‘yicha konsultantni aniqlash ishlari boshlanish arafasida. Bir yildan ko‘proq muddat davomida o‘rganish ishlari o‘tkazilgandan so‘ng, xalqaro tender e’lon qilinadi. Shuningdek, o‘rganish ishlari davomida aholidan mazkur loyihaga va yo‘ldan foydalanish uchun to‘lovga munosabati so‘rovnoma orqali aniqlanadi.

Loyihalar bo‘yicha hali qurilish ishlari boshlanmagan. Ikki bosqichli ochiq va shaffof tender asosida tanlangan xalqaro investor bilan DXSh to‘g‘risidagi bitim imzolangandan keyin qurilish ishlari boshlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha umumiy qiymati 2 mlrd. AQSh dollaridan oshadi. 340 km. lik yo‘l uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga ko‘ra 5-10 yilni tashkil etishi mumkin.

Jahon bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘ldan foydalanish narxlari yengil avtomobil va yengil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSh dollari, yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15 AQSh dollari etib ko‘rsatilgan. 

DShX to‘g‘risidagi bitim taxminan 40 yil muddatga tuzilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyiha bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, mazkur qarorda yo‘ldan foydalanuvchilar uchun narxlar o‘zgarishi yoki to‘lovninng ma’lum qismi subsidiya hisobiga qoplanishi yoxud yo‘lning bepul bo‘lishi va imtiyozga ega bo‘lgan foydalanuvchilar ro‘yxati shakllantirilishi masalalariga aniqlik kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring