«Porsche» klassik avtomobillari uchun 3D printerda ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni boshladi
Hozir noyob klassik mashinalarning ayrim qismlarini topish mushkullashib bormoqda. «Porsche» kompaniyasi 3D printer yordamida eski avtomobil qismlarini yaratish orqali ushbu muammoni yechishga qaror qildi, deb xabar berdi «Popmech».
Noyob eski avtomobil uchun ehtiyot qismlarni topishdan-da mushkulroq ish yo‘q. Albatta, yetkazib beruvchilar an’anaviy usullardan foydalangan holda ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishi mumkin, biroq qismlar kam sonli mashinalar uchun kerak bo‘lganligi sabab bu usul samarali emas.
Shu munosabat bilan «Porsche» avtomobilsozlik kompaniyasi o‘zining 959 modeliga mufta richagini ishlab chiqardi. Mazkur model atigi 292 nusxada ishlab chiqarilgan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 3D printer yordamida yaratilgan qismlar mustahkamlik va ichidagi nuqsonlarni aniqlash tomografik tadqiqotidan o‘tgan, shuningdek, sinov avtomobiliga o‘rnatilib, tekshirib ham ko‘rilgan.
Ta’kidlanishicha, «Porsche Classic» 3D bosma yordamida sakkizta qismni ishlab chiqarmoqda, ular orasida po‘lat hamda plastik materiallardan foydalanilganlari ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter