Daqiqasi 10 gigabayt: 11K 3D o‘lchamli ilk rolik namoyish etildi
Xitoyning «China Telecom» kompaniyasi 11K 3D texnologiyasini taqdim etdi. O‘ta yuqori yechimli videorolikda Xitoy qishloqlaridan birining manzaralari namoyish etildi.
Taqdimot «Raqamli iqtisodiyot-2021» butunjahon anjumani doirasida Ninboda 15–17-oktyabr kunlari tashkil etilgan «Aqlli shahar» va «Aqlli iqtisodiyot» 11-ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. Guvohlarga ko‘ra, videorolik shu darajada tiniq ediki, hatto daraxtlarning barglaridagi shudringlargacha aniq ko‘ringan.
11K o‘lchamli 3D-videoning bir daqiqasi 10 GB «tosh bosadi». Qishloq manzaralari aks etgan rolik 500 GB ni tashkil etgan — bu butun boshli bitta kompyuter xotirasiga teng.
Albatta, bunday yuqori texnologiyadan tijoriy foydalanishi haqida gapirishga erta. Hali 8K ham ommalashishga ulgurgan emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter