O‘zbekistonda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalar yaratiladi
Quyosh texnologiyalarini qo‘llagan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalar yaratiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqiladi va barcha hududlarda joriy etiladi.
Buning natijasida, respublikada o‘rnatilgan har bir tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobillarni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter