Mercedes-Benz’ning elektromobillardan hafsalasi pir bo‘ldi
Mercedes-Benz avtomobillarni elektrlashtirish bo‘yicha o‘z maqsadlarini besh yilga kechiktirdi.
Kompaniya investorlarni elektr transport vositalariga bo‘lgan qiziqish kutilganidan pastroq ekanini qayd etib, ichki yonuv dvigatellari modellarini yaxshilashda davom etishiga ishontirdi.
Kompaniya 2025 yildan 2030 yilgacha elektromobillarning global sotuvdagi, shu jumladan gibrid avtomobillari ulushi bo‘yicha prognozini o‘zgartirdi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar elektr transport vositalariga katta pul tikishda davom etmoqdalar, sig‘im va texnologiyaga investitsiyalar mavjud talabdan oshib ketdi, bu esa avtomobil ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish rejalariga o‘zgartirish kiritishga majbur qildi.
Mercedes-Benz bosh direktori Ola Kaelleniusning fikricha, hatto Yevropada ham elektromobillar 2030 yilga borib yangi avtomobil bozorining 100 foizini egallamaydi, chunki akkumulyatorli avtomobillar hozirda jami savdoning atigi 11 foizini (gibridlar bilan 19 foiz) tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter