Maxsus jetonlardan foydalanish muddati 2021-yil 1-yanvargacha uzaytirildi
«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transporti (avtobuslar)da maxsus (temir) jetonlar foydalanish to‘xtatilishini ma’lum qilgan edi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda maxsus (temir) jetonlardan foydalanish 2021-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.
«Poytaxtimizdagi jamoat transporti avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish doirasida yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida yagona transport kartasidan foydalanishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
«Toshshahartransxizmat»ning alohida qayd etishicha, tegishli buyruq faqatgina avtobuslarga taaluqli, Toshkent metropoliteni faoliyatiga esa tegishli emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter