«Malibu» va «Tracker»ni imtiyozli xarid qilish muddati uzaytirildi
«UzAuto Motors» kompaniyasi «O‘zavtosanoat Lizing» bilan hamkorlikda yuridik va jismoniy shaxslar uchun Chevrolet Malibu Turbo 1.5 hamda Tracker avtomobillarini imtiyozli shartlar asosida xarid qilishni taklif qilgan edi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, yuridik shaxslar ushbu avtomobillarning 30 foiz narxini to‘lab, qolgan summasini 3 yil davomida yillik 20 foiz ustama bilan xarid qilishlari mumkin. Ushbu avtomobillarni xarid qilish imkoniyati 2020 yilning 28 fevraliga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari kompaniya jismoniy shaxslarga Tracker LT M/T avtomobilining 30 foiz narxini to‘lab, qolgan summani 3 yil davomida yillik 20 foiz ustama bilan to‘lash imkonini beradi. Mazkur taklif endilikda Tracker Premier AT komplektatsiyasi uchun ham mavjudligi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter