Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti» va «Spark» uchun imtiyozli avtokreditlash bir kunda yakunlangan

«Lacetti» va «Spark» uchun imtiyozli avtokreditlash bir kunda yakunlangan

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» Lacetti SX M/T avtomobiliga «Kapitalbank» ATBdan imtiyozli avtokredtilashni yo‘lga qo‘ygan edi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, aksiyaning ilk kunidayoq ajratilgan (1000 dona) ushbu komplektatsiyadagi barcha avtomobillarga shartnomalar tuzilgan.

Shuningdek, avvalroq e’lon qilingan «InfinBANK» ATB bilan birgalikda Spark R2 Optimum A/T avtomobilini imtiyozli avtokreditlash bo‘yicha tashkil etilgan aksiya ham birinchi kundayoq, aksiyaga ajratilgan avtomobillar miqdorining deyarli barchasi shartnoma qilib bo‘lingan edi. Xaridorlar orasidagi katta talabni inobatga olgan holda, kompaniya qo‘shimcha tarzda, ushbu aksiyaga 235 dona miqdorida R2 Comfort A/T komplektatsiyasidagi «Spark» avtomobilini kiritdi.

Kompaniya xabar berishicha, R2 Optimum A/T va R2 Comfort A/T komplektatsiyasidagi «Spark» avtomobillarining aksiya uchun ajratilgan hamda ko‘shimcha ravishda qo‘shilgan miqdori nihoyasiga yetdi.

«GM Uzbekistan» yanada ko‘proq aksiyalar o‘tkazishini, shuningdek, imtiyozli avtokreditlash uchun modellar qatorini kengaytirishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring