Jarimani 60 kunda to‘lamaganlar «Avtokon» orqali aniqlanmoqda
Toshkentda YPX inspektorlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari hamkorlikda YHQni buzib, belgilangan muddatda jarimani to‘lamagan haydovchilarning transport vositalarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazishni boshlashdi.
Bundan tashqari, poytaxt hududida va YPX postlari orqali shaharga kirish/chiqishda 20 ta avtomatlashtirilgan «Avtokon» komplekslari faoliyat yuritishmoqda. Ular avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) to‘lov muddatini kechiktirgan «qarzdorlar» ro‘yxatiga kiritilgan avtomobillarni aniqlaydilar.
Ikki kun – 22 va 23-iyul yakuni bo‘yicha, «Avtokon» tizimi yordamida o‘z vaqtida jarima to‘lamagan 35 889 ta transport vositalari aniqlandi. Shulardan 970 tasi bugungi kunda jarimani to‘lab bo‘lishdi. 122 ta transport vositalari jarima maydonchasiga joylandi, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter