IIV: Internetda tarqalgan «01 001 VIP» avtomobil raqami haqiqiy emas
Internetda tarqalgan «01 001 VIP» davlat raqam belgisi bilan bog‘liq videotasvir yuzasidan munosabat bildirildi.
Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirdagi «01 001 VIP» ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi «Uzavtomotobelgi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganini inkor qildi.
Avto-mototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi «Uzavtomotobelgi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Shuningdek Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti (O‘zDSt 640:2014) talablari asosida ro‘xatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari ishlab chiqarilishida «I» harfi ishlatilmasligini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, davlat raqam belgilarini qo‘lbola usullarda yasash va ulardan foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni yuzaga keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi 6-qismiga asosan Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish —bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter