Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichma-ich (matryoshka) qilib olib kelingan avtomobil shinalarni sotib olish kanchalik to‘g‘ri? (video)

Ichma-ich (matryoshka) qilib olib kelingan avtomobil shinalarni sotib olish kanchalik to‘g‘ri? (video)

O‘zbekiston avtomobil va extiyot qismlarni ishlab chiqaribgina qolmay yana ko‘p miqdorda import qiladi. Import qilingan avtomobil yoki avto extiyot qismlar ichidan sifatli va ishonchlisini tanlab olish siz va bizning bir tomondan havfsizligimizni ta’minlasa, ikkinchi tomondan cho‘ntagimizga ham zarar qilmaydi. 

Rossiyalik bir gurux avtomobil shinasi ekspertlari va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahridagi, ehtiyot qismlari sotiladigan Sergeli bozorida bo‘lib, bir qancha avtomobil shinalarini ko‘zdan kechirishdi va xalqaro standart meyoriy xujjatlari asosida laboratoriya tahlilini amalgaoshirish uchun Rossiyaga olib ketishdi. Natijada tadbirkorlar tomonidan ko‘proq foyda olish maqsadida ichma-ich qilib (matryoshka) ko‘rinishida olib kirilgan qiyshiq va bukilgan avtomobil shinalarini sinovi hayot uchun qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib berishdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring