Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichida yashasayam, ovqat tayyorlasayam bo‘ladi. «Mercedes-Benz» o‘zining «X-Class» pikaplarini yaratdi

Ichida yashasayam, ovqat tayyorlasayam bo‘ladi. «Mercedes-Benz» o‘zining «X-Class» pikaplarini yaratdi

Foto: «Motor»

«Mercedes-Benz» kompaniyasi «X-Class» pikapining bazasida yaratilgan ikkita konseptual mashinasini taqdim etadi. Ushbu avtomobillarni jihozlashda ikkita firma ishtirok etgan: yechib olinadigan yashash kabinalarini ishlab chiqargan «Tischer» hamda mashinalar uchun oshxona chiqaruvchi — «VanEssa», deb xabar berdi «Motor».

Birinchi konsept-kar eni 150 santimetr, balandligi esa 2 metr keladigan model bilan jihozlanadi. Uning ichida yotoq mebeli, oshxona, uchta o‘rindiq, yig‘ma rakovina, unitaz va yuvinish xonasi joylashgan.

Ikkinchi avtomobil esa to‘liq funksiyali oshxona, muzlatgich, idish-tovoq va mahsulotlarni saqlashga mo‘ljallangan qutilar joylashuvchi surma modul bilan jihozlanadi. Uning himoyasi uchun pikap kuzoviga issiq mamlakatlarda o‘sadigan kemabop qattiq daraxtdan qopqoq o‘rnatilgan.

«Mercedes-Benz X-Class» o‘tgan yili JARda taqdim etilgan. Model «Nissan Navara» platformasida yaratilgan. Unga 163 hamda 190 kuchga ega 2,3 litrli ikkita turbodizel dvigatelleri joylashtirilgan. Keyinchalik uch litrli V6 dizel dvigatellari ham o‘rnatilgan nusxalarini chiqarish rejalashtirilgan. U 258 ot kuchiga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring