«Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto)
Bugun, 16-yanvar kuni soat 15:50larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A 373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 252-kilometrida, haydovchi, 1985-yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter