«Hyundai» bir quvvatlanishda 470 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir krossoverni taqdim etdi
«Hyundai» kompaniyasi bir marta quvvatlangan holda 470 kilometr masofa bosib o‘tishga qodir «Kona Electric» krossoverini namoyish etdi. Avtomobilning narxi hozircha ma’lum qilinmadi, deb xabar berdi «NV.ua».
Yangi elektrokar — kompaniyaning «Ioniq» modelidan keyingi ikkinchi elektrokrossoveri hisoblanadi. Avtomobil standart «Kona» krossoveri kabi ko‘rinishga ega.
Mashinaning bazaviy versiyasi 133 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Bu kabi krossover bir marta quvvatlanish orqali 300 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir. Maksimal tezligi soatiga 167 kilometrga teng. Shuningdek, 201 ot kuchiga ega elektrodvigatel o‘rnatilgan.
«Hyundai Kona Electric» versiyasining 64 kilovatt/soat quvvatiga teng batareyasi o‘rnatilgan mashina 9 soatu 40 daqiqa davomida quvvatlanadi yoki tezkor usulda 80 foizgacha quvvatni 54 daqiqa ichida to‘ldirish mumkin. 39,2 kilovatt/soat sig‘imli bazaviy batareya esa odatdagi rozetkadan 6 soatu 10 daqiqada energiya olib, to‘ladi.
Mazkur modeldagi avtomobillar 2018-yilning ikkinchi yarmida sotuvga chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter