Fransuzlarga eski elektromobillarni sotib olgani uchun pul to‘lanadigan bo‘ldi
Fransiya hukumati mamlakat hududida ishlatilgan elektrokar xaridorlariga qo‘shimcha ming yevrodan to‘laydigan bo‘ldi. Ushbu «ekologik bonus» haqida transport ishlari bo‘yicha vazir Jan-Batist Jebbari «Le Parisien» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yetti ming yevroni tashkil etadigan yangi elektromobillarga beriladigan subsidiya 2021-yil 1-yanvardan olti ming yevrogacha kamaytiriladi. Jebbarining ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiya avtomobil bozori yilning birinchi yarmida tanazzulga uchradi, savdo-sotiq 38 foizga tushib ketdi.
Bundan tashqari, transport ishlari bo‘yicha vazir joriy yilda 100 mingta elektrokarni sotish maqsadi borligini aytdi.
«Shuningdek, elektromobillar uchun tez quvvat oladigan 500 ta stansiya yaratishga 100 million yevro sarmoya kiritmoqchimiz», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter