Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir «Hyundai» izidan: na puldan, na mashinadan darak bor...

Bir «Hyundai» izidan: na puldan, na mashinadan darak bor...

Foto:«Glotr.uz»

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga keluvchi eng ko‘p murojaatlar soni avtomashinalar bilan bog‘liq. Shunday hodisalardan biri joriy yilning avgust oyida sodir bo‘ldi.

Fuqaro Dadayev Mansur «Hyundai» avtomobilini xarid qilish maqsadida Buxoro shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan «Allegro-Teks» MChJga murojaat qiladi. So‘ngra 100 million so‘m to‘lovni amalga oshirgach, kelishuvga asosan 7 kun ichida yetkazib berilishi kerak bo‘lgan avtomobilini kuta boshlaydi. Ammo baxtga qarshi, aytilgan muddatda avtomobildan darak bo‘lmagan.

Shartnoma shartlari buzilgandan so‘ng iste’molchi to‘lovni qaytarishlarini so‘rab, avtosalon ma’muriyatiga shikoyat qiladi. Ammo hech qanday yechim bo‘lmagach, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qoldiradi.

Federatsiya xodimlari aralashuvi bilan holat qisqa fursatda o‘rganilib, iste’molchi foydasiga 100 million so‘m to‘lov to‘liq qaytarib olib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring