Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» Qozog‘istonga avtomobil eksportini boshladi

«GM Uzbekistan» Qozog‘istonga avtomobil eksportini boshladi

Foto: «GM Uzbekistan»

Kecha, 16-mart kuni «GM Uzbekistan» avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozog‘istonga eksport qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi «SariarkaAvtoProm» zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda «Ravon Motors Qozog‘iston»ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.

Bundan tashqari joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afg‘oniston va Tojikiston respublikalariga avtomobillar eksporti amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati 2019 yilni – faoliyatda eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring