Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gepard tezligidagi fil». Mask yangi Tesla yuk mashinalarini taqdim etdi

«Gepard tezligidagi fil». Mask yangi Tesla yuk mashinalarini taqdim etdi

Foto: Tesla

Ilon Mask Tesla Semi — elektr yuk avtomillarining yangi avlodini taqdim etdi.

Bu mashinalarning prototiplari besh yil ilgari tanishtirilgan, ko‘p izlanish va o‘zgarishlardan so‘ng shu yil oktyabr oyidan ishlab chiqarilishi boshlangan.

Ilgari namoyish etilgan xomaki nusxalaridan farqli ravishda, Semi yuk mashinalari eshik tutqichlari va optikasida jiddiy o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.

Kabinasi dizayni ham o‘ziga xos — haydovchi o‘rtada o‘tiradi. Yo‘lni va atrofni yaxshi ko‘rish uchun kabinada yon oynalari vazifasini bajarauvchi ikkita displey o‘rnatilgan. Xavfsizlik uchun maxsus tizim javob beradi, u YTH paytlarida kabinaning aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Tesla Semi to‘rtta elektrmotordan kuch oladi. Atigi 5 soniyada 100 km/soat tezlik oladi, 40 tonna yuk ortilgan tirkamasi bilan esa bu tezlikka 20 soniyada erishadi.

To‘liq quvvat bilan ushbu yuk mashinasi 800–1000 km yo‘l bosadi, tezkor quvvatlagich vositasida atigi yarim soatda akkumulyatori 70 foizgacha to‘ladi.

Shuncha afzalliklarga ega, superzamonaviy yuk elektr avtomobilining narxi 150 ming dollardan boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring