Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa ittifoqi: xavfli va xavfsiz yo‘llar

Yevropa ittifoqi: xavfli va xavfsiz yo‘llar

Foto: «Dispo Magazin»

Vena yo‘llari — Yevropa ittifoqidagi eng xavfsiz yo‘llar. Misol uchun, YeI yo‘llarida yiliga o‘rtacha million kishidan 50 nafari YTH oqibatida halok bo‘lyapti, Avstriya poytaxti va uning atrofida esa — 10 kishi. Farq katta. Bu haqda «Yevropuls» sayti «Yevrostat»ga asoslanib xabar berdi.

Yana besh poytaxt shaharda million kishiga YTH lardagi o‘limlar ko‘rsatkichi 20 nafardan oshmaydi — Berlin, Lyuksemburg, Madrid, Stokgolm va London. YeI da umuman olganda bunday hududlar soni 13 ta.

Eng ko‘p avtahalokatlar Yevropa qishloqlarida sodir bo‘lyapti. Bolgariyaning Severozapadene tog‘li hududi Yevropa ittifoqidagi eng og‘riqli nuqta: bu yerda har million kishiga YTH da nobul bo‘lganlar soni 153 nafarga yetgan. Portugaliyaning Alenteju hududi (142 holat) va Belgiyadagi Lyuksemburg viloyati (138 holat) yo‘llari ham xavfliligi bilan ajralib turadi.

Qo‘shimcha qilish mumkinki, YeI ga qo‘shni Rossiyada yiliga YTH da halok bo‘luvchilar soni har million kishiga 130 nafarni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring