Ertaga Toshkentning bir nechta ko‘chalari yopiladi

2022-yilning 15-may kuni «Men g‘olib» shiori ostida sport marafoni o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 15 may kuni soat 06:00 dan soat 10:00 ga qadar shahrimizdagi bir necha ko‘chalar yopiladi:
— Qoraqamish 4-tor va Qoraqamish 2-tor ko‘chalari kesishmasidan Qoraqamish 4-tor ko‘chasi bo‘ylab, undan Talabalar ko‘chasiga ulanib, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
— Kichik halqa yo‘li va Talabalar ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha;
— Sag‘bon va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Sag‘bon ko‘chasi bo‘ylab Qoraqamish ko‘chasi kesishmasigacha;
— Kichik halqa yo‘li va Sag‘bon ko‘chalari kesishmasidan Kichik halqa yo‘li ko‘chasi bo‘ylab Oltinsoy ko‘chasi kesishmasigacha;
— Oltinsoy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Oltinsoy ko‘chasi bo‘ylab Dilsaroy ko‘chasi kesishmasiga;
— Oltinsoy va Dilsaroy ko‘chalari kesishmasidan Dilsaroy ko‘chasi bo‘ylab Sag‘bon ko‘chasi kesishmasigacha.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter