Ertaga Toshkentda ba’zi ko‘chalar yopiladi
12 iyun Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab velomarafon o‘tkaziladi.
Velomarafon paytida poytaxtning bir necha ko‘chalari soat 08:00 dan 11:00 gacha yopiladi:
- Kichik halqa yo‘li va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov va Nukus ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;
- Istiqbol, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha.
Ushbu velomarafonda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. O‘z velosipediga ega bo‘lmaganlar uchun ijara punktlari tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter