Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Erkatoylar»ga chora ko‘rildi

«Erkatoylar»ga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqda «Kim bu erkatoylar?» sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. Shundan so‘ng YHXB ushbu video yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, holat joriy yilning 25 may kuni, Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, «Yuqori» MFY hududida sodir bo‘lgan. Ushbu hududda xizmat olib borgan YPX xodimi O.Ortiqov tomonidan jami 5 ta «Lasetti» va 1 ta «Neksiya-3» rusumli avtomobillar to‘xtatilgan.

Avtomobillar haydovchilariga nisbatan qoidabuzarliklar bo‘yicha tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, qoidabuzarlik sodir etgan 11-sinf bitiruvchilarining ota-onalari, maktab direktori va sinf rahbarlari o‘rtasida muhokama o‘tkazilib tegishli choralar belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring