Buxoroda YPX inspektori haydovchiga 5 baravar ortiqcha jarima yozdi
«Bukhara News» saytida «Buxoro shahar YHXB mas’ulining mas’uliyatsizligi deb haydovchiga ortiqcha jarima yozildi» sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Ushbu maqolada o‘z vazifasiga loqaydlik bilan qaraydigan xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlarini deb, fuqarolar sarson bo‘lishi, o‘zlarining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib, qanchadan-qancha asabi va vaqtini sarflashi kerak, deb savol qo‘yiladi.
Buxoro viloyati IIB ushbu holatni o‘rganib chiqdi va YPX inspektori xatosini tasdiqlagan holda rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2019-yil 18-aprel kuni viloyat IIB YHXB YPX inspektori tomonidan fuqaro Kamolov Sherzodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 135-moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, qaror chiqarishda texnik xatolikka yo‘l qo‘yilgan.
Ya’ni, fuqaro Sh.Kamolov tomonidan MJtKning 135-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik (Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqarish) sodir etilgan bo‘lsa-da, unga nisbatan MJtKning 135-moddasi 2-qismidagi (Transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslarning shu vositalarni boshqarishi) huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo tayinlangan.
Hozirda mazkur qaror qayta ko‘rib chiqilib, MJtKning 135-moddasi 1-qismiga asosan qaror chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter