Bodikamerasini unutib qoldirgan YPX xodimi haqida ma’lumot berildi
Joriy yilning 21 may kuni soat 17:10 larda, Navoiy viloyati, Uchquduq tumanidan Zarafshon shahri yo‘nalishi bo‘yicha bir nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib kelayotgan «Labo» rusumli 85 866 TAA davlat raqam belgili transport vositasi «Uchquduq» to‘siq postida xizmat olib borayotgan Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan dizenfeksiya choralarini ko‘rish maqsadida to‘xtatilib, haydovchidan transport vositasini qayd etish guvohnomasini taqdim etishi, ushbu ma’lumotlar postda yuritilayotgan jurnalga qayd etilishini ma’lum qilishgan.
Shunda, haydovchi Miliy Gvardiya xodimlariga ushbu postdan har kuni o‘tib qaytishini, har safar hujjatlarini ko‘rsatmasligini aytib, ular bilan tortishib turgan vaqtida, ushbu postga xizmatga jalb etilgan Uchquduq tuman IIB YHXG ma’muriy amaliyot inspektori A.Umarjonov postda joylashgan xizmat xonasidan chiqib kelib, holatga aralashib haydovchidan hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan.
Haydovchi unga hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng, YPX xodimi A.Umarjonov uni avtomashinadan tushishini, avtomashinasi esa jarima maydoniga qo‘yilishini aytgan.
Haydovchi avtomashinadan tushganidan so‘ng A.Umarjonov unga tegishli avtomashinani jarima maydoniga qo‘yish maqsadida rul boshqaruviga o‘tirgan vaqtida avtomashinada o‘tirgan yo‘lovchi xodimning harakatlarini videotasvirga olishni boshlab, xodimga nima sababdan bodikamerasiz xizmat olib borayotganligini aytib, turli vajlar keltirib, uni harakatlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishini ma’lum qilgan va ularni qo‘yib yuborishini so‘ragan.
Shu vaqt xodim uni videotasvirga olishiga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Shundan so‘ng, A.Umarjonov tomonidan ushbu transport vositasi haydovchisi A.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 194 va 135-moddalariga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinasi evakuator yordamida jarima maydoniga qo‘yilgan.
Shu kuni A.Umarjonov xizmatga chiqishidan oldin bodikamerasini navbatchilik qismidan olgan bo‘lsada, ushbu holat sodir bo‘lgan vaqtda u bodikamerasini shu postda joylashgan xizmat xonasida unutib qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter