Benzin narxi oshmaydigan bo‘ldi
Prezident qarori bilan joriy etilgan va 2022 yil 10 dekabrdan boshlab amal qilayotgan AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llashning amal qilish muddati ertaga, 2023 yil 1 mart kuni yakuniga yetishi kerak edi.
Davlatimiz rahbari tomonidan bugun imzolangan qarorga muvofiq, iste’molchilarning neft mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter